» » Olmaotada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari vaqtida politsiyachilar Tengrinews nashri jurnalistini do‘pposladi

Olmaotada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari vaqtida politsiyachilar Tengrinews nashri jurnalistini do‘pposladi


Tengrinews nashrining muxbiri Shokan Alxabayev Olmaotada sodir bo‘lgan norozilik namoyishlarini, xususan, Sayran tumanidagi namoyishchilarning politsiya tomonidan qo‘lgan olinishini yoritayotganida jarohat oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya namoyishchilarda sovuq qurol bo‘lishi mumkinligi uchun yo‘lovchilarni to‘xtatib, tekshirayotgan bo‘lgan.

Politsiya xodimlari Tengrinews jurnalistining videoga olishiga to‘sqinlik qilib, uning telefonini olib qo‘yishga urinishgan, Shokanni bir necha bor do‘pposlashgan ham.

“Men politsiyachilar odamlarni qanday qo‘lga olishayotganini videoga olishga bordim. Ulardan biri ‘Nega tasvirga olyapsan?’ deb so‘radi. Men jurnalist ekanligimni aytdim. Ular tasvirga olmasligimni aytishdi. Shu vaqt boshqa bir politsiyachi kelib meni qo‘lga olishni buyurdi. Telefonimni olib qo‘yishdi. Qaytarishlarini so‘raganimda yana bir nechta politsiyachi kelib meni yerga yotqizishib, tepa boshlashdi”, — deydi Alxabayev.

Tengrinews nashri Olmaota politsiya departamenti va Ichki ishlar vazirligiga mazkur holat bo‘yicha murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Nur-Sulton va Olmaotada saylovlarga qarshi mitinglarda ishtirok etgan 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют