» » Mirkomil Musayev: Tanlov qilishim juda og‘ir bo‘lgan. Yakunda baribir “Million” jamoasida qoldim (video)

Mirkomil Musayev: Tanlov qilishim juda og‘ir bo‘lgan. Yakunda baribir “Million” jamoasida qoldim (video)


“Million” jamoasining a’zosi Mirkomil Musayev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkilladi.

Suhbat davomida Mirkomil Musayev “Million” bo‘lingan vaqtda nima uchun “Bravo” jamoasiga o‘tib ketmagani haqida gapirib berdi.

Ushbu jamoaning paydo bo‘lishiga ustozimiz Jahongir Poziljonov sababchi, turtki bo‘lgan. 2007-yil Jahongir aka menga taklif bilan chiqib, “eng zo‘r bolalarni yig‘ib, 20 daqiqalik chiqish qilaylik,” degan. Jamoani asosan “Shovvozlar” tashkil qilardi. O‘sha paytlar kliplar kolleksiyasidan iborat eng yaxshi “nomerlarni” qo‘yganmiz. Bu ijobiy natija bergan va keyingi yil yana talab qilishgan. 2009-yil QVZ terma jamoasi yanayam kengaydi.

Jamoada “Dizayn” jamoasining yigitlari ham bor edi. O‘sha yili QVZ terma jamoasi o‘zining ilk konsertini o‘tkazdi. 2010-yil ikkinchi konsertdan keyin “Dizayn” jamoasi alohida faoliyat yuritishni boshladi. Biz alohida ishlashni boshladik. Shundan keyin bizga yangi-yangi odamlar qo‘shildi. “Million” jamoasi esa 2013-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Tashabbus Davron Kabulovdan chiqqan. Ustozlarimizning duolarini olib ishni boshlaganmiz.

Shuncha yil “Million”da faoliyat yuritdik, shu jamoada ish boshlaganmiz,  bo‘lsa faqat “Million” bo‘lardi yoki men faoliyatimni tugatar edim. Tanlov qilishim juda og‘ir bo‘lgan. Yakunda baribir “Million” jamoasida qoldim.

Mirkomil Musayev, “Million” jamoasining a’zosi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют