» » Namanganda Fransuz alyansi filiali vakolatxonasi ochildi

Namanganda Fransuz alyansi filiali vakolatxonasi ochildi


Namanganda Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan internat-maktabida Toshkentdagi Fransuz alyansi filiali vakolatxonasi ochildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ochilish marosimi 7—8-iyun kunlari o‘tkazilgan Invest in Namangan forumi doirasida bo‘lib o‘tgan, unda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev, Toshkentdagi Fransuz alyansi filiali rahbari Shoazim Minovarov va Namangan hokimligi rahbariyati ishtirok etgan.

Maktabda, shuningdek, lingofon xonasi, va fransuz tili kutubxonasi ham ochilgan. Maktab o‘quvchilari uchun fransuz o‘qituvchilari ishtirokida onlayn kurslar tashkil etish, shuningdek, fransuz tili o‘qituvchilari malakasini Fransiyada va Toshkentdagi Fransuz alyansi filialida oshirish rejalashtirilgan.

Fransuz alyansi Toshkentda 2015-yilning yozida ochilgan bo‘lib, fransuz tilini o‘rgatish yuzasidan faoliyat olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 12:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют