» » Xitoylikka erga tegib, tazyiqqa uchragan yana bir qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Xitoylikka erga tegib, tazyiqqa uchragan yana bir qiz O‘zbekistonga qaytarildi


Jurnalistlardan yordam so‘ragan andijonlik 25 yoshli Shodiyona Davlatova O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi CA-News.

Qiz Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan bo‘lib, xitoylik erining zo‘ravonligi va tazyiqlaridan shikoyat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uni xonaga qamab, kaltaklagan va homilador bo‘lishi uchun tabletka, inyeksiya ko‘rinishidagi noma’lum dorilarni iste’mol qilishga majburlagan.

Shodiyona o‘zbekistonlik diplomatlar yordamida O‘zbekistonga qaytarilgan uchinchi qiz bo‘ldi. Avvalroq xitoylik yigitga turmushga chiqqan namanganlik Saida O‘zbekistonga qaytish uchun jurnalistlardan yordam so‘ragan edi.

U ham turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchraganidan shikoyat qilgan. Qiz O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasining sa’y-harakatlari bilan 19-fevralda Vatanga qaytarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют