» » Shavkat Mirziyoyev 13—14-iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 13—14-iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi


Shavkat Mirziyoyev joriy yil 13—14 iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda 15-iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammitlarida ishtirok etadi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan” mavzusi ostida o‘tadi. Uning ishida kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek va Dushanbe shaharlarida bo‘lib o‘tadigan sammitlardagi ishtiroki doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют