» » Ohangaronda ajoyib odat bor kelin tomon kuyovni sotib oladi

Ohangaronda ajoyib odat bor kelin tomon kuyovni sotib oladi


Xalq deputatlari Ohangaron shahar kengashi deputati Sh.Komilov Kuyovni necha pulga sotib olsa boladi? nomli maqolaga munosabat bildirdi. Maqola Ohangaronda ajoyib odat bor toyning ertasiga kelin tomon kuyovni sotib oladi, deb boshlanadi.

Bu holat ayrim ozini kuyovjoralar deb bilgan bir guruh zoravon yigitlar tomonidan iymoni sust, qorqoq va ojiz kuyovlargagina tegishli desa togri boladi. Ha, aynan, iymoni sust, tabiatan qorqoq va ojiz kuyovning atrofidagi betarbiya, odob-axloqsiz va ozlaricha zoravon bolib yurgan bir guruh yigitlar, yani dostlari tomonidan amalga oshirilayotganiga guvohi bolganman.

Bir kuni Majnuntol toyxonasi yonida tursam, bir guruh yigitlar toyxona ichkarisidan qochib chiqyapti, ortidan esa ikki-uch ayollar quvib chiqmoqda. Hayron bolib, voqea joyiga yaqinroq bordim. Borsam, bir onaxon: bolalarim, iltimos, toyni buzmanglar, deb gapiryapti. Yigitlar esa bir yigitni qolidan ushlab olib, olib ketmoqchi. Men nima gap deb onaxondan soradim. Onaxon: kuyov yigit mening nevaram, bu kuyovjoralar kuyovni olib qochmoqda. Evaziga kelin tomondan pul talab qilar emish, deydi. Kuyovjoralarning oldiga borib, voqeaga aralashdim. Kuyov yigit, yuvosh, oddiy, qorqoqqina, 20-22 yoshdagi bola ekan. Kuyovjoralar orasida 25-30 yoshdagi bir ikkita barzangi bolalar ham bor.

Kattarogini qolidan ushlab olib, qani nima gap, desam, aka, siz aralashmang, bizda shunday urf-odat bor deydi. E, kechirib qoyibsan, men Ohangaronda yigirma besh yildan beri yashayman. Qolaversa, kop toylarda kuyovjora bolib, qolaversa, xizmatda aralashib yurganman, bunaqa voqea hech qachon bolmagan, deb keskin gapirdim. Kuyovbolaning ota-onasiga bu kuyovjoralar bolib yurgan yigitlar kuyov bolaning dostlarimi deb sorasam, ular biz tanimaymiz, deyishadi. Shunday qilib, ushbu salbiy voqeaning oldi olindi. Shundan song toy qilayotganlarga ushbu voqeani aytib, ogohlantirib yurdim, deydi muallif.

Deputat ota-onalarga farzandlarining dostlari kim ekanligini yaxshilab tanib olish, tarbiyasiga etiborliroq bolishni tavsiya qilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-06-2019, 17:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -