» » Namanganda ichki ishlar organlari xodimlarining ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari boshlandi (foto)

Namanganda ichki ishlar organlari xodimlarining ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari boshlandi (foto)


Prezident tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlari bilan ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari tashkil etilib, jinoyatlar soni 40 foizga kamayishiga erishildi. Namanganda ham Qoraqalpog‘iston tajribasi amalda tatbiq etilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Namangan viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik darajasi oshirish, ularning ma’naviy-vatanparvarlik tarbiyasini yuksaltirish xamda nazariy bilimlarini mustaxkamlash maqsadida Sharqiy harbiy okrugning Pop tumanidagi harbiy qismi bazasida ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari 1-o‘quv yig‘inining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi, viloyat IIB boshlig‘i, Milliy gvardiya viloyat bo‘limi boshlig‘i, harbiy qism rahbarlari ishtirok etdi.

O‘quv-amaliy kurslari uzluksiz va sifatli o‘tishi uchun harbiy okrug hududidan alohida bino ajratilib, undagi har bir xona zarur shart-sharoit hamda moddiy baza bilan to‘liq ta’minlandi. Respublika harbiy bo‘linmalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida videokonferensiya usulida mashg‘ulotlarni o‘tkazish xonasi tashkil etildi. Dars va sport mashg‘ulotlarini esa uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют