» » Andijonda Ichki ishlar xodimini o‘ldirgan aka-ukalarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda Ichki ishlar xodimini o‘ldirgan aka-ukalarga sud hukmi o‘qildi


Izboskan tumani Chuvama mahallasida yashovchi fuqaro Abdusamat Jololov ichkilik tufayli Ichki ishlar xodimi bilan janjallashib, uni halok qildi. Bunga uning ukasi San’atbek va jiyani Zuhrobiddin ham sherik bo‘lgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Endigina 31 yoshini qarshilagan, ikki farzandning otasi A.Jololov sinfdosh do‘stlari bilan bir do‘stining uyida to‘yib aroq ichadi. Ziyofat tunggi soat birga qadar davom etadi. Ulfatlar yarim tunda baqir-chaqir bilan ko‘chaga chiqadi. Uylariga tarqalish uchun mahalla guzariga keladi.

Shu payt jamoat tartibini saqlash maqsadida xizmat vazifasini bajarib yurgan Izboskan tuman ichki ishlar bo‘limi tezkor vakillari S.Yakubov va I.Haydarov kelib qoladi. Ular shovqin ko‘tarib, gaplashib turgan yigitlar oldiga kelib, kech bo‘lib qolgani, uy-uylariga tarqalishlari kerakligini aytadi. O‘ta mast bo‘lgan A.Jololov Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, orada janjal boshlangan. Ichki ishlar xodimlari telefon orqali hudud profilaktika inspektorini, A. Jololov esa sherigining telefoni orqali ukasini tezda mahalla markaziga yetib kelishini so‘raydi.

Notanish telefon raqamidan akasining chaqirganini eshitib ukasi San’atbek, jiyani Zuhrobiddinni chaqirib, mahalla guzariga yetib keladi. Ular akasining bir kishi bilan janjallashayotganini ko‘rib, yordamga shoshadi. Urush, janjal oqibatida Ichki ishlar xodimi S.Yaqubov tan jarohati oladi, I.Haydarov esa vafot etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi sudyasi Ulug‘bek Karimov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida atroflicha o‘rganib chiqilgan yuqoridagi jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqarildi.

Sud hukmiga ko‘ra, A.Jololov aybdor deb topilib, unga 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, ushbu jinoyatning sodir etilishida ishtirok etgani uchun ukasi yigirma to‘qqiz yoshli S.Jololovga 15 yil-u 9 oy, endigina yigirma besh yoshni qarshilagan jiyani Z.Qobulovga 15 yil-u 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют