WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkent viloyatida jiyan 61 yoshli amakisini ko‘prikdan itarib yubordi
Toshkent viloyatida jiyan 61 yoshli amakisini ko‘prikdan itarib yubordi
Toshkentning Quyi Chirchiq tumanida 41 yoshli K.K. “Beshkek” mahallasi Qorasuv ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Kollektor” kanali ustiga o‘rnatilgan ko‘prik ustida o‘zaro janjallashib, 61 yoshli amakisini itarib yuborgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 8-iyun kun sodir bo‘lgan.
Oqibatda ko‘prikdan pastga yiqilgan A.K. jarohat olgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 9-iyun kuni vafot etgan.
K.K. ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?
КТО НА САЙТЕ?
(
2)
(
0)
(
1)
(
1)





- отсутствуют
