» » Fransiyalik matematik Abel mukofotiga sazovor bo‘ldi

Fransiyalik matematik Abel mukofotiga sazovor bo‘ldi


Fransiyalik 77 yoshli matematik Iv Meyer Abel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Iv Meyer matematika bo‘yicha Nobel mukofoti deb nomlanadigan Abel mukofotiga matematikaning veyvlet nazariyasi bo‘yicha amalga oshirgan ishi uchun loyiq topildi. Ushbu nazariya gravitatsiya to‘lqinlarini aniqlash, kompyuter fanlarida, ma’lumotlar hajmini qisqartirish va rasmlarni qayta ishlashda amaliy ahamiyatga ega.

Meyer ishlab chiqqan nazariya veyvlet-asos va veyvlet-o‘zgartirishni tizimli yaratish imkonini berdi. Matematikning ilm-fanga qo‘shgan hissasi tufayli ikki qora teshik qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan gravitatsiya to‘lqinlari signali qayd etildi.

Iv Meyerga olti million kron (qariyb 710 ming dollar) mukofot taqdim etiladi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют