» » O‘zbekiston olimpiya termasi 5 ta gol urilgan bahsda Misr termasini mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston olimpiya termasi 5 ta gol urilgan bahsda Misr termasini mag‘lub etdi (video)


FIFA kunlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 11-iyun, seshanba kuni Namanganda Misr olimpiyachilarini qabul qildi.

O‘yinda hisobni 17-daqiqada Islomjon Qobilov ochdi. U misrliklar darvozasiga belgilagan penaltini golga aylantirdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida Azizjon G‘aniyev jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, Bobur Abduholiqov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Misr termasi esa 82-daqiqada Ahmad Yosir, 90+4-daqiqada Muhammad Abdusalomlarning gollari bilan javob qaytarishga erishdi.

Shu tariqa o‘yin 3:2 hisobida O‘zbekiston foydasiga hal bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki terma jamoa 9-iyun kuni Andijonda bahs olib borib, unda ham o‘zbekistonlik olimpiyachilarning qo‘li baland kelgandi — 2:0.

O‘rtoqlik o‘yini

11-iyun, seshanba

Gollar: 1:0 — 17 Islomjon Qobilov, 2:0 — 58 Bobur Abduholiqov, 3:0 — 66 Azizjon G‘aniyev, 3:1 — 82 Ahmad Yosir, 3:2 — 90+4 Muhammad Abdusalom.

O‘zbekiston — 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 5.Dilshod Saitov, 6.Aziz G‘aniyev (4.Abdulla Abdullayev, 90+2), 7.Sharof Muhitdinov, 8.Nurillo To‘xtasinov (17.Jasur Jaloliddinov, 83), 10.Bobir Abdixoliqov (9.Asadbek Sobirjonov, 70), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.Shohruh Abdurahmonov, 90), 14.Abror Ismoilov, 20.Husniddin G‘ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov (3.Abbos G‘ulomov, 75)

Misr — 23.Muhammad Sobhi, 2.Karim Yahyo (25.Ahmad Said, 46), 4.Osama Jalol, 6.Muhammad Sobir (3.Muhammad Ayman, 73), 8.Nosir Maher, 11.Mustafo Muhammad, 17.Ahmad Ramazon, 18.Muhammad Sodiq (5.Muhammad Abdulsalom, 31), 19.Ammar Hamdi, 22.Saloh Muhsin, Muhammad G‘anan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют