» » Britaniyalik ayol shifokorlarga quloq solmay, bolasining hayotini saqlab qoldi

Britaniyalik ayol shifokorlarga quloq solmay, bolasining hayotini saqlab qoldi


Buyuk Britaniyada shifokorlar boladagi xavfli kasallikni aniqlay olmay, uning o‘limiga sababchi bo‘lib qolishiga bir bahya qoldi, deb yozmoqda Daily Mirror.

Ma’lum bo‘lishicha, Naomi Smollvud tug‘ruqxonadan qaytganidan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqalog‘ining sog‘lig‘i yaxshi emasligini sezadi. Chaqaloqqa Freddi ismi qo‘yilgan bo‘lib, u emishdan bosh tortib nuqul uxlagan.

Ayol shifokorlarga murojaat etganida, ular bu shunchaki chaqaloqlar koliki kasalligi ekanligini aytgan. Ikki haftadan so‘ng chaqaloqning ovozi xirillab qolgan. Lekin shifokorlar o‘z tashxisini o‘zgartirmagan.

Shunda Smollvud boshqa tibbiyot muassasasiga murojaat qiladi va u yerda shifokorlar chaqaloqqa yurak yetishmovchiligi tashxisini qo‘ygan.

Bola zarur yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan kasalxonaga joylashtiriladi. Mutaxassislar bolaning yuragi istalgan payt to‘xtab qolishi mumkinligini, agar onaning sezgirligi bo‘lmaganida, shu kechayoq vafot etishi ehtimoli bo‘lgan.

Freddi aortaning kuchli torayishidan ham aziyat chekayotgan bo‘lib, bu yurakka qon yetib borishiga to‘sqinlik qilgan.

Shifokorlar unga operatsiya tayinlagan, lekin bola 12 kunlik ekanini hisobga olib, operatsiya natijalari yaxshi o‘tishiga oldindan kafolat berilmagan. Operatsiya 10 soat davom etgan. Shundan so‘ng bola qonida kislorod miqdori kamayishni boshlagan.

U sun’iy nafas olish apparatiga ulab qo‘yilgan. Operatsiyadan so‘ng Freddining o‘pkasi ishdan chiqqan va u ikki hafta davomida intensiv muolajalar bo‘limida yotgan. Bir qancha vaqt o‘tgach, u tuzalishni boshlagan va kasalxonadan ketishiga ruxsat berilgan.

Biroq yarim yildan so‘ng yana zaiflasha boshlagan va shifokorlar aorta yoyini tiklash uchun ochiq yurak operatsiyasini o‘tkazishga qaror qilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.

“Agar bolamni boshqa kasalxonaga olib bormaganimda, voqea umuman boshqacha yakun topgan bo‘lardi”, — degan uning onasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют