» » Endi abonent 60 kun ichida qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bekor qiladi

Endi abonent 60 kun ichida qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bekor qiladi


Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” ma’lum qildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, telekommunikatsiya operatori mazkur arizalar ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Ilgari bu muddat 30 kun edi.

Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari bo‘yicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi.

Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют