» » Aktrisa Gulbahor Yo‘ldoshevaning so‘nggi roli tarixiy filmdagi Mingoyim obrazi bo‘ldi (foto)

Aktrisa Gulbahor Yo‘ldoshevaning so‘nggi roli tarixiy filmdagi Mingoyim obrazi bo‘ldi (foto)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot edi. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmidagi Mingoyim obrazi aktrisaning so‘nggi roli bo‘lib qoldi. Bu haqda film rejissori Dilmurod Masaidov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

Gulbahor Yo‘ldosheva “Qo‘qon shamoli” filmining suratga olish jarayonlarida hech kimga dardini sezdirmasdan, ularni qancha avaylashga harakat qilmaylik, “men juda yaxshiman, hammasi joyida”, deya rollarini a’lo darajada ijro etdilar. Syomka maydonida biror marotaba “mazam qochdi, syomkani keyinroqqa qoldiraylik”, demadilar. Qaytanga ertalabdan kechgacha suratga olishimizni xohlab turdilar. Gulbahor Yo‘ldosheva “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmida Mingoyim obrazini ijro etdilar. Ular bilan bog‘liq suratga olish ishlari Qo‘qon shahrida roppa-rosa besh kun davom etdi va yakunlandi.

Dilmurod Masaidov, “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi rejissori

Ma’lumot uchun, Zebo Qobilovaning “Aybsiz aybdor” deb nomlangan ssenariysi asosida prodyuser Mahmud Erkaboyev hamda rejissor Dilmurod Masaidovlar tomonidan “Qo‘qon shamoli” deb nomlangan tarixiy filmi suratga olinmoqda. Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют