» » Omonatlardan endi yanada ko‘proq daromad olish mumkin!

Omonatlardan endi yanada ko‘proq daromad olish mumkin!


Xizmatlar  ommabopligini yanada oshirish orqali aholining bo‘sh pul  mablag‘larini bankdagi muddatli va jamg‘armali omonatlarga jalb qilishni rag‘batlantirish, aholiga yangi qulayliklar yaratish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” aholiga qator yangi qulay  omonat turlarini  joriy  etdi.

Xususan, milliy valyutada jamg‘arilib boriluvchi “Farovon”, muddatli “Baraka”, xorijiy valyutada muddatli “Ideal” va jamg‘armali “Standart” nomli omonatlar bank amaliyotiga kiritilib, ushbu omonatlar bank va omonatchilar manfaatlarining uyg‘unligini ta’minlab, o‘zining qulay shartlari, jozibadorligi bilan ajralib turadi.

“Baraka” milliy valyutadagi muddatli omonatiga 1—3 oy muddatga yillik 15%, 4—6 oy muddatga yillik 16%, 7—9 oy muddatga yillik 17%, 10—12 oy muddatga yillik 18%, 13—18 oy muddatga yillik 20%, 19—25 oy muddatga yillik 21% to‘lov amalga oshiriladi. Omonat muddatidan oldin qaytarib olinganda uning haqiqatda saqlangan muddatiga muvofiq foiz to‘lovlar amalga oshiriladi.

Omonatga mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda jismoniy shaxslarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pul mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Hisoblangan  foiz to‘lovlar  har oyda amalga oshiriladi. Omonatga hisoblangan foiz to‘lovlar uning manbasidan qat’i nazar omonatchi talabiga ko‘ra naqd pulda berilishi mumkin.

 “Farovon” milliy valyutadagi jamg‘armali omonatiga 1—3 oy muddatga yillik 15%, 4—6 oy muddatga yillik 16%, 7—9 oy muddatga yillik 17%, 10—12 oy muddatga yillik 18%, 13—25 oy muddatga yillik 19% to‘lov amalga oshiriladi. Dastlabki omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘lar kiritib borish imkoniyati mavjud. Hisoblangan foizlar oylik kapitalizatsiya qilinadi.

 “Ideal” xorijiy valyutadagi muddatli omonatiga 1—6 oy muddatga yillik 2%, 7—13 oy muddatga yillik 3%, 14—24 oy muddatga yillik 4%, 25—36 oy muddatga yillik 6% to‘lov amalga oshiriladi. Omonatga mablag‘lar Yevro va AQSh dollarida naqd shaklda qabul qilinadi. Hisoblangan foiz to‘lovlar omonat muddati tugagandan so‘ng mablag‘ egasining talabiga ko‘ra joylashtirilgan xorijiy valyutada yoki Markaziy bankning amaldagi rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyuta — so‘mda to‘lab beriladi. Hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi.

“Standart” xorijiy valyutadagi jamg‘armali omonatiga 1—6 oy muddatga yillik 2%, 7—13 oy muddatga yillik 3%, 14—24 oy muddatga yillik 4%, 25—36 oy muddatga yillik 6% to‘lov amalga oshiriladi. Omonatga mablag‘lar Yevro va AQSh dollarida naqd shaklda qabul qilinadi. Omonatchi dastlabki omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘lar kiritib borishi mumkin. Omonatga hisoblangan foizlar oylik kapitalizatsiya qilinadi. Omonatga joylashtirilgan mablag‘ mablag‘ joylashtirilgan xorijiy valyutada yoki Markaziy bankning amaldagi rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyuta — so‘mda qaytariladi.

Chakana xizmatlar bozorida faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash ATB “Qishloq qurilish bank”ning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bank mijozlarining omonat mablag‘larini qonun talablariga muvofiq sir saqlanishini  va  omonatchining birinchi  talabiga asosan qaytarilishini  kafolatlaydi.

Ma’lumot uchun, 2019-yil 1-iyun  holatiga bank tizimida milliy va xorijiy valyutada jami 26 turdagi omonatlar joriy qilingan bo‘lib, omonatchilar soni 104 566 nafarni tashkil qilib, undagi mablag‘lar qoldig‘i 610,0 mlrd. so‘mdan ortdi.

“Qishloq  qurilish  bank” — farovon  hayotingiz  xizmatida!

Murojaat  uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt:  www.qqb.uz

Telegram:  https://t.me/QQBANK

Facebook:  FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют