» » Mbappe fransiyalik futbolchilar orasida 15 yil avvalgi natijani takrorladi

Mbappe fransiyalik futbolchilar orasida 15 yil avvalgi natijani takrorladi


Fransiya terma jamoasi hamda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2018/19-yilgi mavsum umumiy hisobda 44 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shulardan 39 tasini PSJ safida kiritgn bo‘lsa, 5 ta golni milliy terma jamoa tarkibida urgan.

Get French Football’ning xabar berishicha, 2003/04-yilgi mavsumdan buyon hech qaysi fransiyalik futbolchi bitta mavsumda 44 ta gol urmagandi. O‘shanda Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Tyerri Anri ushbu natijani qayd etgandi.

Mbappe o‘zining 44-golini Yevro—2020 musobaqasiga saralashdan o‘rin olgan Andorra—Fransiya (0:4) uchrashuvida kiritdi.

Bundan tashqari, bu 20 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi 100-goli bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют