» » Fastfud sog‘liqqa zarar yetkazmasligi uchun nima qilish kerak?

Fastfud sog‘liqqa zarar yetkazmasligi uchun nima qilish kerak?


Aytaylik, bugun siz haddan tashqari charchaganingiz uchun ovqat pishirmaslikka va fastfudlar bilan tamaddi qilishga qaror qildingiz. Sizga qanday qilib sog‘liqqa zarar keltirmasdan gamburger, xot-dog va shaurmalarni yeyish borasida bir necha maslahatlar bermoqchimiz.

Birinchi qiyinchilik – siz ovqatlanmoqchi bo‘lgan joyni tanlash. Bu yerda gamburger o‘rniga go‘sht, sabzavot va qora nonli sendvich bo‘lsa yana ham yaxshi bo‘lar edi.

Ko‘pchilik iste’mol qilayotgan yog‘ va uglevodlar miqdoriga e’tibor qilmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmasa aynan porsiyaning kattaligiga e’tibor bering: agar siz katta idishda zaytun yog‘i qo‘shilgan sabzavotli salat olsangiz o‘lchamidan qat’iy nazar, kaloriya uncha katta bo‘lmaydi.

O‘rtacha kattalikdagi gamburgerni tanlang, uni kola yoki boshqa gazli ichimliklar bilan emas, balki choy yoki suv bilan yesangiz bo‘ladi.

Zararli ovqatni foydaliroq yoki hech bo‘lmasa yog‘sizrog‘iga almashtirishga harakat qiling. Masalan, uch xil turdagi go‘shtli pitssaning o‘rniga sabzavotlisini, katta shaurmaning o‘rniga esa sabzavotli “tvister” olishingiz mumkin.

Manba: “Parents.ru”

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют