» » Gvardiola “Yuventus” taklifini rad etdi

Gvardiola “Yuventus” taklifini rad etdi


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Yuventus”ning jiddiy taklifiga qaramasdan pul orqasidan quvmadi.

Eurosport’ning xabar berishicha, Turin klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni jamoa bosh murabiyligida ko‘rishni istadi va u uchun yiliga 20 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor edi. Gvardiola esa taklifni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018/19-yilgi mavsum “Manchester Siti” Gvardiola qo‘l ostida Premyer ligada g‘alaba qozondi. Endilikda esa jamoaning asosiy maqsadi — Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish.

Gvardiola rad javobini bergandan so‘ng Mauritsio Sarri “Yuventus” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют