» » MAGATE Shimoliy Koreya yadro quroli muammosi muzokaralar orqali yechilishiga shubha bildirdi

MAGATE Shimoliy Koreya yadro quroli muammosi muzokaralar orqali yechilishiga shubha bildirdi


Shimoliy Koreya so‘nggi yillarda yadro quroli ishlab chiqarish sohasidagi imkoniyatlarini muvaffaqiyat bilan kengaytirmoqda. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentilgi (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amano ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“U (KXDR), o‘zi aytganidek, yadro quroli ustida ish olib borish va uni ishlab chiqarishda yaxshi natijalarga erishmoqda”, — dedi Amano. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR so‘nggi bir necha yil ichida uranni boyitish quvvatini ikki barobar ko‘paytirgan.

Shunday ekan, Shimoliy Koreyaning yadro quroli bilan bog‘liq muammoni Pxenyan bilan muzokaralar orqali hal qilishga urinishlarni davom ettirish kerakligi ta’kidlandi. Shu bilan bir vaqtda, Amano ushbu masalada ortiqcha optimistik qarashdan qochish lozimligini aytib, bu muammo Eron bilan erishilgan kelishuvdek yechilishiga shubha bilan qaradi.

Shunga o‘xshash pozitsiya AQSh tomonidan ham bildirildi. AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Vashington KXDR yadro qurolini tartibga solish bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarni davom ettirishdan ma’no yo‘q deb hisoblayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDRni jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют