» » Diyego Simeone hech qachon “Real Madrid” murabbiyi bo‘lmaslikka va’da berdi

Diyego Simeone hech qachon “Real Madrid” murabbiyi bo‘lmaslikka va’da berdi


Madridning “Atletiko” klubi ustozi hisoblangan Diyego Simeone Onda Cero kanalida chiqish qilib, jurnalist tomonidan berilgan bir qator savollarga javob berib o‘tdi.

“Sports.ru”ning oydinlik kiritishicha, javoblar orasida Madridning boshqa bir klubi “Real”ga ustozlik qilmaslik borasidagi fikr ham bor.

Hech qachon “Real” murabbiyi bo‘lmayman. Bu hissiyotlardan kelib chiqqanimizda ham mantiqiy bir hol. Ularning o‘zi ham meni taklif qilmasa kerak.

Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi

Argentinalik mutaxassis Ispaniyaning boshqa bir klubida faoliyat olib borishi mumkin. Orzularining cho‘qqisidan esa Argentina milliy terma jamoasini boshqarish o‘rin olgan.

Qachonlardir Argentina terma jamoasini boshqarishni istar edim. Biroq buning uchun eng yaxshi bo‘la olishim kerak. Bu hol karyeramning hal qiluvchi qismida ro‘y berishini xohlardim.

Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, Diyego Simeone boshqaruvida “Atletiko” La liga chempionligini qo‘lga kiritishdan tashqari Yevropa Chempionlar ligasining finaliga qadar ikki bor yetib keldi va har ikkisida ham aynan “Real”dan yengildi. “Real”da ishlamasligi borasidagi qarorga finallardagi shu mag‘lubiyatlar sababmi yoki yo‘q — oydinlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют