» » Qashqadaryoda YPX inspektorini kaltaklagan Damas haydovchisi qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan (video)

Qashqadaryoda YPX inspektorini kaltaklagan Damas haydovchisi qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan (video)


12-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro YPX xodimini kaltaklayotgani aks etgan video tarqalgandi. Aniqliq kiritilishicha, voqea Qarshi shahrida yuz bergan.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Javlon Baxtiyevning “Qashqadaryo ziyokori”ga ma’lum qilishicha, voqea joriy yil 12-iyun kuni 15.40 da Qarshi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan.

Javlon Baxtiyevga ko‘ra, yo‘lovchi tashish transport vositalari to‘xtash bekatida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan viloyat YHXB yo‘l patrul xizmati inspektori Bahrom Boboqulov to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtab turgan Damas avtomobili yoniga borib, haydovchi B.R.ga o‘zini tanishtirib, hujjatlarni so‘raydi. Xodim haydovchiga huquqbuzarligini tushuntirgan holda, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘ladi.

Bunga javoban haydovchi B.R. YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatib, unga bo‘ysunmasdan xizmat kiyimlarini yirtadi. Xodimning chap va o‘ng yelkasiga qo‘llari va qo‘lidagi tayyoq bilan urib, tan jarohati yetkazadi. Xodimni o‘z xizmat vazifasidan voz kechishga majbur qiladi. Bu ham yetmaganidek, YPX xodimining qo‘l telefonini tortib olib, unga tegishli ratsiya va jezl tayyoqchasini sindirib, voqea joyidan qochib ketadi.

Voqea joyiga yetib borgan shahar prokuraturasi vakillari tafsilotlarni o‘rganib, viloyat prokurori Botir Yusupovga maxsus xabarnoma kiritadi.

Xabarnomada qayd etilishicha, Qarshi shahar prokurori tomonidan Damas haydovchisi, 1995-yilda tug‘ilgan B.R.ga nisbatan 12-iyun kuni Jinoyat kodeksining 166-modda (“Talonchilik”), 219-modda (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют