» » Jangarilar Damashq tarixiy markazi himoyasini buza olmadi

Jangarilar Damashq tarixiy markazi himoyasini buza olmadi


Suriya armiyasining “Jabhat an-Nusra” ekstremistlari hamda ularning ittifoqdosh guruhlariga qarshi boshlangan to‘qnashuvga bir necha soat bo‘lganiga qaramay jangarilar sharqiy Damashqdagi Abbosiylar maydoniga kira olishmadi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Avvalroq, jangarilar Jobar shahri atrofidagi eski avtovokzalni egallab olgandi. Ammo Abbosiylar maydoni hamda vokzal hududini bo‘lib turuvchi Foris al-Huri nomli asosiy ko‘cha (400 metr atrofida) harbiylar nazoratida. Frontning aynan shu hududida shiddatli jang ketmoqda — ekstremistlar Suriya poytaxtining tarixiy hududlariga panadan turib hujum qilish maqsadida maydonga kirishga harakat qilyapti.

Hukumat qo‘shinlariga tongda shahar atrofidagi terroristlar makonini o‘qqa tutgan havo aviatsiyasi yordam ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, artilleriya qo‘shini Qasiyun tog‘idan turib jangarilar egallagan hududlarni o‘qqa tutmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 65) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют