» » Habib Nurmagomedov eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun kimlarni mag‘lub etishi kerakligini aytdi

Habib Nurmagomedov eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun kimlarni mag‘lub etishi kerakligini aytdi


UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Porye bilan kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toni Fergyuson hamda Jorj Sen-Pyer bilan jang qilishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar berdi.

“Sen-Pyer? U qaytadimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Lekin bu men yozayotgan tarixda muhim voqelik bo‘lar edi. Men Dastin, Toni Fergyuson va Jorj Sen-Pyerni yutishim shart. Shundagina har qanday vazn toifasidan qat’i nazar birinchi raqamli bo‘laman,” — dedi Habib.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Sen-Pyer faoliyatini tugatganligi haqida ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 7-sentabr kuni Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют