» » The Guardian Rossiyadan milliardlab dollar chiqib ketganligi haqida ma’lum qildi

The Guardian Rossiyadan milliardlab dollar chiqib ketganligi haqida ma’lum qildi


The Guardian nashri Rossiyadan 740 milllion dollarga yaqin mablag‘ pullarni “yuvish” sxemasi doirasida Britaniya banklari orqali o‘tganligini ta’kidlamoqda, deb yozadi “Kommersant”.

Nashr “Global kirxona” deb atagan sxemaga Buyuk Britaniyaning 17 ta kredit tashkiloti yoki u yerda filiallariga ega bo‘lgan yirik banklar, jumladan, HSBC, Royal Bank of Scotland, LLoyds va Barclays kabilar jalb etilgan.

Gazeta tomonidan qo‘lga kiritilgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu sxema doirasida 2010—2014-yillarda Rossiyadan 20 milliard dollarga yaqin pullar chiqarib ketilgan. Biroq mazkur ish ustida 2014-yildan buyon ish olib borayotgan tergov ma’lumotiga ko‘ra, “yuvilgan” pullarning umumiy miqdori 80 milliard dollarga yetishi mumkin.

Nashrning surishtiruv bilan bog‘liq manbasi ma’lum qilishicha, pullar yoki o‘g‘irlangan yoki kriminal yo‘l bilan kirgan. Sxemaga 500 ga yaqin odam, jumladan, oligarxlar, moskvalik bankirlar, shuningdek, Federal xavfsizlik xizmatiga aloqador yoki unda ishlovchi kishilar jalb etilgan.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют