WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Qosim-Jo‘mart To‘qayev qasamyod keltirdi va Qozog‘iston prezidenti lavozimini egalladi (video)
Qosim-Jo‘mart To‘qayev qasamyod keltirdi va Qozog‘iston prezidenti lavozimini egalladi (video)
Qosim-Jo‘mart To‘qayev qasamyod keltirdi va rasman Qozog‘iston prezidenti lavozimini egalladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Inauguratsiya marosimi Nur-Sultondagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi.
To‘qayev marosimdagi nutqida Qozog‘iston hukumati 1-sentabrga qadar mamlakat rivojlanishida xalaqit berayotgan korrupsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha islohotlar paketini tayyorlashini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 70 foizdan ortiq ovoz to‘plab, g‘olib chiqdi. Ularda mustaqillik yillari davomida ilk bor Nursulton Nazarboyev ishtirok etmadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?