» » Davlat soliq qo‘mitasi: “Yashil chiroq”ga tushgan korxonalar hech qachon tekshirilmaydi va bu kafolatlanadi

Davlat soliq qo‘mitasi: “Yashil chiroq”ga tushgan korxonalar hech qachon tekshirilmaydi va bu kafolatlanadi


Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonun doirasida faoliyat yuritayotgan korxonalar hech qachon tekshirilmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev jurnalistlar bilan 12-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda Mubin Mirzayev qo‘mita tashkiliy tuzilmasida soliq to‘lovchilarni segmentlarga bo‘lib o‘rgunuvchi yangi Risk-analiz boshqarmasi tashkil etilganini ma’lum qildi. Yangi boshqarma soliq to‘lovchilarni uch toifaga bo‘lgan holda o‘rganadi.

“Avvallari muvofiqlashtiruvchi kengashga ro‘yxat kiritib, korxonalarni har uch yoki besh yilda tekshirish kerak, degan reja qilingan. Endilikda bu amaliyotdan voz kechib, soliq normalariga rioya etilishiga qarab, korxonalarni toifalarga ajratib ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Shunday toifalardan birini ‘Yashil chiroq’ deb nomladik. Ushbu guruhga kirgan korxonalar hech qachon tekshirilmaydi. Bu toifaga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lovchi, qonunchilikka rioya qilib ishlovchi korxonalar kiradi”, — dedi Mirzayev

O‘rinbosarning aytishicha, soliq to‘lovlarini to‘lash istagi bor, lekin ba’zi me’yorlarga tushunmayotgan soliq to‘lovchilar esa “Sariq chiroq” guruhiga mansub bo‘ladi. “Ayrim korxonalarning soliq to‘lashga xohishi bor. To‘lovlarni amalga oshirishni yo tushunmaydi, yoki bunga bilimi yetmaydi. Aytaylik, soliq to‘lashda ba’zi bir kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Biz ularni to‘g‘rilab, tushuntirish bergan holda, ‘Yashil chiroq’ guruhiga o‘tkazishga harakat qilamiz”, — dedi qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari.

Mubin Mirzayev uchunchi toifaga kiruvchi soliq to‘lovchilarga ham to‘xtalib o‘tdi: “Ayrim korxonalar bor — soliq tizimini va o‘z majburiyatlarini yaxshi biladi, lekin soliq to‘lashga xohishi yo‘q. Soliq to‘lashdan bosh tortadi, qonuchilikni buzadi. Bunday korxonalar ‘Qizil chiroq’ guruhiga kiritiladi. ‘Qizil chiroq’ga tushgan korxonalar bilan alohida ishlab, nazorat tadbirlarini olib boramiz”.

Ta’kidlanishicha, toifalar soliq to‘lovchilarning ma’lumotlari qanchalik ochiq-oydin taqdim etilishiga qarab belgilanadi. Agar soliq to‘lovchilar barcha operatsiyalarni to‘liq ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlasa, bunday korxonalar, Mubin Mirzayevning aytishicha, hech qachon tekshirilmaydi — qo‘mita vakili bunga kafolat berishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют