» » Toshkent shahrining 5 ta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkent shahrining 5 ta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Naim Kabirov Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Naim Kabirov 1969-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1997-yili Toshkent davlat universiteti, 2009-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993-yilda Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Jalol Mahmado‘stov Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Jalol Mahmado‘stov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1996-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2007-yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U soliq tizimida 1996-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib, Toshkent shahri tumanlari inspeksiyalarida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 2018-yil sentabr oyidan shu kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Jamshid Ergashev Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Jamshid Ergashev 1981-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2003-yili Termiz davlat universitetini, 2005-yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2011-yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

U 2007—2014-yillarda Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritib, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamentida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Hojiakbar Mullajonov Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Hojiakbar Mullajonov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2014-yildan Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Yakkasaroy tumani G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Ilhomjon Davlatov Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1986-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2018-yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2011-yilda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar ushbu jamg‘armaning Olmazor tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют