» » Habib Nurmagomedov: “Fergyuson sovrin uchun jangga loyiq, ammo birinchi Porye to‘sig‘idan o‘tish lozim”

Habib Nurmagomedov: “Fergyuson sovrin uchun jangga loyiq, ammo birinchi Porye to‘sig‘idan o‘tish lozim”


Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Dastin Porye bilan kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kelajakda Toni Fergyuson bilan jang qilishni xohlayotganini ma’lum qildi.

“Jangdan so‘ng menda dam olish uchun 1 oy vaqt bor. Oktabrda esa mashg‘ulotlarga qaytaman. Toni Fergyuson chempionlik kamari uchun jangga loyiq, bu borada gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bunga qadar Dastin bilan jang qilishim lozim. Mazkur jang men uchun oson kechmaydi, uni hurmat qilaman. Jangni Rossiyada o‘tkazishmi? Albatta, men Rossiyada jang qilishni xohlayman. Lekin Rossiyada pay-per-view (tomosha uchun to‘lov) musobaqalari o‘tkazilmaydi, men esa chempionman. Hozirda shunga o‘xshash musobaqalarda ishtirok etyapman. Ushbu musobaqalarni Rossiyada o‘tkazishni UFC rahbariyatidan so‘rash kerak. Kim biladi, Rossiya balki keyingi musobaqalarga mezbonlik qilishi mumkin”, — dedi Habib.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Porye o‘rtasidagi jang 7-sentabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют