» » Belarusda jinoyatchi qatl etildi

Belarusda jinoyatchi qatl etildi


Belarusda ular navbatdagi o‘lim hukmi o‘qildi. 44 yoshli Aleksandr Jilnikovga nisbatan uch kishi o‘ldirgani yuzasidan maxsus jazo chorasi qo‘llanildi. O‘limga hukm qilinganning kamerasida ishda ishtirok etgan yana bir kishi qoldi, u ham o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Ushbu hukm 2015-yil dekabr oyida bir yigit va u sevgan qizning qotiliga aylangan kishiga nisbatan o‘qildi. 2 million Belarus rubli (92,8 dollar) evaziga Minsk shahrida yashovchi qiz sobiq yigitini qaytarish maqsadida Jilnikov va Vyacheslav Suxarko bilan kelishib, ulardan bir qizni kasalxonaga “yuborishini” so‘ragan.

Mast bo‘lgan jinoyatchilar yigit va qiz yashaydigan uyning boshqa xonadonida yashiringan va xori oqibat ularning ikkovini ham o‘ldirgan. Bundan tashqari, hodisadan bir kun oldin, sudlanuvchilar uyda o‘n ming dollar saqlayotgan kishiga murojaat qilgan.

2017-yilning bahorida ushbu 2 jinoyatchi  bir umrga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Ammo Oliy sud ishni qayta ko‘rib chiqishga yuborgan va ularga o‘lim jazosini buyurgan. Buyurtmachi ayol esa 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘limga mahkum etilganlar kamerasida hukm ijro etilishni kutayotgan Vyacheslav Suxarko sudda aybini to‘liq tan oldi. O‘z navbatida Aleksandr Jilnikov sherigini aybladi.

Belarus Yevropada va MDHda o‘lim jazosini amalga oshiradigan yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda. 1990-yildan boshlab 400 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan, ulardan faqat bittasi afv etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 65) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют