» » Kolin Farrell Erongeyt haqidagi serialda suratga tushadi

Kolin Farrell Erongeyt haqidagi serialda suratga tushadi


Irlandiyalik aktyor Kolin Farrell Erongeyt haqidagi serialda suratga tushadi. Bu haqda Variety nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

U AQSh dengiz pexotasi sobiq ofitseri Oliver Nort rolini ijro etadi.

Erongeyt Eron-kontras nomi bilan ham mashhur. Bu 1980-yillarning yirik siyosiy mojarosi bo‘lib, o‘shanda Amerika ma’muriyatining ba’zi a’zolari Eronga maxfiy ravishda qurol-yarog‘ yetkazib turganligi ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tushgan mablag‘lar esa Nikaraguadagi kontras isyonchilarni moliyalashtirish uchun sarflangan.

Ushbu hodisalar motivi asosidagi serial Amazon onlayn-servisi uchun suratga olinadi. Loyihada, shuningdek, rejissor Yorgos Lantimos ishtirok etmoqda.

Yangi teleshouning nomi hozircha ma’lum qilinmadi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют