» » Buxoroda aliment to‘lamaslik uchun 7 yil yashirinib yurgan ota topildi

Buxoroda aliment to‘lamaslik uchun 7 yil yashirinib yurgan ota topildi


Buxoro viloyatida aliment pulini to‘lamaslik maqsadida yetti yil davlat ijrochilaridan qochib yurgan ota topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman bo‘limi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 2012-yildagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor J.Kamolovdan undiruvchi D.Hamdamova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Ammo qarzdor aliment pulini to‘lamaslik maqsadida yetti yil yashirinib, davlat ijrochilaridan qochib yurgan. Shu tariqa u aliment pulini umuman to‘lamagan.

Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan qarzdor topilib, yetti yillik aliment puli, ya’ni 40 mln. so‘m aliment pullari undirildi va tilxat asosida undiruvchiga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют