» » O‘zbekistonda ilk “Bitiruvchilar jamg‘armasi” tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk “Bitiruvchilar jamg‘armasi” tashkil etildi


Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Navoiy davlat konchilik institutida yangi jamg‘arma bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda instituti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasining 17-apreldagi “Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan va Jamg‘arma nizomi tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘lari iqtidorli, bilimli o‘quvchi va talabalarni moddiy qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish, zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlar xarid qilish, kam ta’minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi o‘quvchi va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash kabi qator maqsadlarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют