» » Bektemir Meliqo‘ziyev prof ringdagi debyut jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo‘ziyev prof ringdagi debyut jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasi vakiliga aylangan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining debyut jangini g‘alaba bilan boshladi.

6 raundga mo‘ljallangan jangda Meliqo‘ziyevga argentinalik Martin Fidel Rios raqiblik qildi. Jang 1-raunddayoq nihoyasiga yetdi. Bektemirning ketma-ket zarbalari natijasida Rios chuqur nokaut holatiga tushdi va jangni davom ettira olmadi.

Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional ringdagi faoliyatini nokautli g‘alaba bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Rios shu kungacha professional boksda 46 ta jang o‘tkazgan va ularning 23 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa (13 ta nokaut), 19 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan (4 ta nokaut). Yana 4 ta jangda esa durangga erishgandi.

Qayd etish joiz, u o‘z vaqtida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Azizbek Abdug‘ofurovga qarshi jangda mag‘lub bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют