» » Sherzod Shermatov 3—5 yilda maktablar to‘liq elektron jurnallarga o‘tilishini ma’lum qildi

Sherzod Shermatov 3—5 yilda maktablar to‘liq elektron jurnallarga o‘tilishini ma’lum qildi


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Daryo”ga bergan intervyusida umumta’lim maktablari reja bo‘yicha 3—5 yilda qog‘ozli jurnallardan elektron jurnallarga to‘liq o‘tilishini ma’lum qildi.

Reja bo‘yicha 3—5 yilda qog‘ozli jurnallardan voz kechilib, to‘liq elektron jurnallarga o‘tamiz. Hozirda ushbu rejani amalga oshirish uchun maktablarni internetga ulash vazifasi turibdi.

Shuningdek, Sherzod Shermatov elektron jurnallarga to‘liq o‘tishga qadar o‘qituvchilar qog‘ozli jurnallarni to‘ldirishi majburiy ekanligini aytib, o‘tgan yilga nisbatan yozuv-chizuvlar kamaygani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘qituvchilarni yuklamasi bor edi. Yuklamasida masalan 1500 soat bo‘lsa, ta’lim berish va undan tashqari vazifalar berilgandi. Uyga vazifalarni tekshirish uchun ham, jurnal to‘ldirish uchun ham, mikrouchastkalarga chiqish ham yoki to‘garak o‘tkazish uchun. Oldin har bir vazifa uchun hisobot so‘ralgan. Ya’ni to‘garak o‘tkazgan bo‘lsa, to‘garakning fotoalbomi, mikrouchastkaga chiqqan bo‘lsa o‘shani hisoboti. Mana shularning hammasi yo‘q bo‘ldi.

Xalq ta’limi vaziri o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinish holatlari yo‘q qilinganini haqida ham aytdi.

Yozuv-chizuvdan oldin olaylik. O‘qituvchilar kuz bo‘yi dalada bo‘lgan. Yozuv-chizuv bilan shug‘ullanmagan, paxta tergan yoki bahorda ertalabdan ekish bilan shug‘ullangan. Hozir paxta terayotgani yo‘q, ekishni ham qilayotgani yo‘q. O‘qituvchini o‘zini ustida ishlashga vaqt jihatdan qaraydigan bo‘lsak, oddiy shu majburiy mehnatdan ozod bo‘lgani juda katta imkoniyat yaratildi.

Avvalroq Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov majburiy maktab formasi Hukumat tegishli qarori bilan kelayotgan o‘quv yilidi ham ixtiyoriy bo‘lishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют