» » O‘zining shaxsiy sport klubiga ega milliarderlar ro‘yxatida Roman Abramovich 7-o‘rindan joy oldi

O‘zining shaxsiy sport klubiga ega milliarderlar ro‘yxatida Roman Abramovich 7-o‘rindan joy oldi


Forbes o‘zining shaxsiy sport klubiga ega bo‘lgan milliarderlar reytingini e’lon qildi. Uning dastlabki to‘rt pog‘onasidan birorta ham futbol klubining xo‘jayini joy olmadi.

“Los-Anjeles Klippers” basketbol klubiga egalik qiladigan Stiv Balmer hisob raqamidagi 30 milliard dollar bilan ro‘yxat cho‘qqisidan joy oldi. Mana shu shaharning “Los-Anjeles Leykers” basketbol klubi hamda “Los-Anjeles Gelaksi” futbol klublariga egalik qiluvchi Filipp Anshutsning boyligi 12,5 milliard dollarga teng va u 5-o‘ringa joylashgan.

Jahonga mashhur “Chelsi” futbol klubi xo‘jayini Roman Abramovich 9,1 milliard dollari evaziga yettatikdan joy oldi. Londonning boshqa bir klubi “Arsenal”ning eng katta aksiyasini qo‘lida ushlab turgan Stenli Kronke esa 7,5 milliard dollar bilan o‘ntalikka kira olmadi.

1. Stiv Balmer (30 mlrd dollar) — “Los-Anjeles Klippers” (basketbol).
2. Mukesh Ambani (23,2 mlrd dollar) — “Mumbay Indians” (kriket).
3. Pol Allen (19,9 mlrd dollar) — “Sietl Sixoks” (Amerika futboli) va “Portlend Treyl Bleyzers” (basketbol).
4. Ditrix Mateshis (13,4 mlrd dollar) — “Nyu-York Red Bulls” (futbol), “Red Bull Reysing” va “Skuderiya Toro Rosso” (avtopoyga).
5. Filipp Anshuts (12,5 mlrd dollar) — “Los-Anjeles Leykers” (basketbol), “Los-Anjeles Gelaksi” (futbol).
6. Xasso Plattner (11,2 mlrd dollar) — “San-Xose Sharks” (xokkey).
7. Roman Abramovich (9,1 mlrd dollar) — “Chelsi” (futbol).
8. Mixail Proxorov (8,9 mlrd dollar) — “Bruklin Nets” (basketbol).
9. Shaxid Xan (8,2 mlrd dollar) — “Jeksonvil Jeguars” (Amerika futboli).
10. Mikki Arison (8,1 mlrd dollar) — “Mayami Xit” (basketbol).

Опубликовано: admin (22-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 9) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют