» » Qatar va Avstraliya terma jamoalari Amerika Kubogi—2020 musobaqasida ishtirok etadi

Qatar va Avstraliya terma jamoalari Amerika Kubogi—2020 musobaqasida ishtirok etadi


Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi kelasi yil Amerika Kubogi musobaqasiga Qatar hamda Avstraliya terma jamoalarini mehmon sifatida chaqirdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Ta’kidlash joiz, 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogiga Kolumbiya va Argentina davlatlari mezbonlik qiladi.

Birinchi chaqirilgan terma jamoa shimoliy guruhda Braziliya, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador va Peruga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi jamoa janubiy qit’a vakillari Argentina, Chili, Urugvay, Paragvay va Boliviya terma jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Qatar joriy yilgi Amerika Kubogida ham ishtirok etmoqda, Avstraliya esa mazkur musobaqada ilk marta o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют