» » Sog‘liqni saqlash vaziri: Donorlikda tibbiyot xodimlari ham faol va tashabbuskor bo‘lishi kerak

Sog‘liqni saqlash vaziri: Donorlikda tibbiyot xodimlari ham faol va tashabbuskor bo‘lishi kerak


14-iyun kuni respublika qon quyish markazida “Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan “Hamma uchun xavfsiz qon” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etib, beg‘araz donorlikning mazmun-mohiyati haqidagi so‘zladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“Donor qon topshirar ekan, kimningdir hayotini saqlabgina qolmay, o‘z sog‘ligini saqlashga ham erishadi. Chunki muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish va qon tahlillarini topshirish, kishi salomatligi haqida ma’lumotga ega bo‘lib borishiga xizmat qiladi.

Hozirda dunyoning 70 ta davlatida qon zaxirasi ko‘ngilli donorlik hisobiga yig‘iladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga binoan qon tarkibiy qismlari va preparatlariga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun har 1000 aholiga nisbatan 40—60 tadan qon topshirish kerak bo‘ladi.

Bizning yurtimizda esa har 1000 kishiga qon topshirishlar soni 4,8 tani tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirishda, avvalo, biz tibbiyot xodimlari faol va tashabbuskor bo‘lishimiz, donorlikning ahamiyatini aholini muntazam tushuntirib borishimiz lozim bo‘ladi”, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

“O‘z qonini kamida 40 marta, qon komponentlarini 60 marotaba topshirgan kishilar faxriy donor hisoblanadi.

Mamlakatimizda ham ana shunday bag‘rikeng va sahiy insonlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni hamda eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.

Qon xizmatlarida olinadigan qon miqdori organizmdagi umumiy qon miqdorining 10 foizini tashkil qiladi, ya’ni 350-400 millilitr. Organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini 36 soat ichida tiklab oladi.

Butunjahon donorlar kuni arafasida, barcha hududlarda ko‘p yillar beg‘araz qon topshirib kelayotgan donorlar va donorlik harakatida ishtirok etuvchi insonlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tantanalar mamlakatimiz bo‘ylab keng miqyosda o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют