» » Kraystcherchda 51 kishini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs o‘z aybini tan olishdan bosh tortdi

Kraystcherchda 51 kishini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs o‘z aybini tan olishdan bosh tortdi


Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikki masjidda terakt sodir etganlikda ayblanayotgan Avstriya fuqarosi Brenton Tarrant o‘z aybini tan olmadi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Aybini tan olmaslik haqida sudda uning advokati e’lon qilgan. Tarrantning o‘zi esa sudda maxsus rejim qamoqxonasidagi bir kishilik kameradan videoaloqa orqali chiqdi. Qayd etilishicha, advokatlar bayonotni o‘qiyotgan paytda ayblanuvchi jarayonni iljayib kuzatgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni 2020-yilning 4-mayida boshlanadi. Bu haqda sudya Kemeron Mander ma’lum qilgan. Advokatlarning fikricha, jarayon uch oygacha cho‘zilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Kraystcherch shahridagi ikki masjidda terakt sodir bo‘ldi. Oqibatda 51 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar yaralangan. Hukumat jinoyatda gumonlanuvchi uch kishini qo‘lga olgan. Keyinchalik ularning ikki nafarini qo‘yib yuborgan. Faqat 28 yoshli Brenton Tarrant hisbsga olingan. May oyi oxirlarida unga terrorchilik sodir etish ayblovi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют