» » Eden Azar dunyodagi eng yaxshi markaziy hujumchi nomini aytdi

Eden Azar dunyodagi eng yaxshi markaziy hujumchi nomini aytdi


“Real”ning yangi a’zosi Eden Azar “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema bilan maydonda til topishib ketishiga ishonch bildirdi.

“Benzema “Lion”da to‘p surgan vaqtda unga qarshi o‘ynaganman. U so‘nggi 9 yil ichida “Real”da ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Uni dunyodagi eng yaxshi markaziy hujumchi deb o‘ylayman. U bilan bitta jamoada to‘p surish, birga mashg‘ulotlar o‘tkazish mening mahoratimni oshiradi. Biz maydonda ajoyib juftlik bo‘lishimizga ishonaman”, — deya Azarning so‘zlarini keltirib o‘tadi AS.

Ma’lumot uchun, “qaymoqranglilar” Azarni 100 million yevro evaziga sotib oldi. Madrid klubi futbolchi bilan 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют