» » Samsung va Apple AQShdan tashqarida sudlashishdan bosh tortdi

Samsung va Apple AQShdan tashqarida sudlashishdan bosh tortdi

Samsung va Apple AQShdan tashqarida sudlashishdan bosh tortdi

Samsung va Apple kompaniyalari huquqlar va patentlar bo‘yicha o‘zaro da’volarni AQShdan tashqarida ko‘rib chiqishdan bosh tortishga qaror qildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.


"Bu qaror litsenziya bo‘yicha kelishuvlarga taalluqli bo‘lmaydi. Kompaniyalar ishlarni AQSh sudlarida olib borishda davom etadi”, — deyiladi Samsung bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2-may kuni AQSh Federal maslahatchilar sudi Apple va Samsung kompaniyalarining bir-biriga qarshi patent da’volari bo‘yicha qaror chiqardi. Unga ko‘ra, ikkita patentni ko‘chirgan Samsung 119,6 million dollar, o‘z raqibining bitta patentini o‘g‘irlagan Apple esa 158,4 ming dollar to‘lashi kerak.

O‘z da’vo arizasida Apple o‘zining beshta patentini buzgan Samsung’dan 2,2 milliard dollar talab qilgan. Samsung o‘z navbatida, ikkita patenti buzilgani uchun raqibi 6,9 million dollar tovon to‘lashi kerak deb hisoblagan.

Keyinroq Apple kompaniyasi Samsung’ga qarshi yangi da’vo ochib, uning to‘qqizta qurilmasi AQShda sotilishi taqiqlanishini talab qilgan edi.

 

Bu haqida Daryo.uz nashri xabar beradi.

Опубликовано: MusTanG (6-08-2014, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют