» » 700 yil avval vafot etgan britaniyalikning bosh suyagiga qarab, uning yuzini qayta tiklashdi

700 yil avval vafot etgan britaniyalikning bosh suyagiga qarab, uning yuzini qayta tiklashdi


Kembridj universiteti arxeologlari 700 yil avval yashagan erkakning bosh suyagiga qarab, uning yuzini yuqori darajadagi aniqlik bilan qayta tikladi, deb yozadi Gizmodo. Erkakning suyaklari Britaniyaning Old Divinity kolleji binosi ostidagi qabrdan topilgan edi.

To‘liq saqlanib qolgan skelet 2010—2012-yillardagi qazish ishlari chog‘ida topilgan bir necha yuzlab jasadlardan biridir. Bu joyda ilgari asosan kambag‘allarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan kasalxona joylashgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, skelet hayotining katta qismini og‘ir jismoniy mehnat bilan o‘tkazgan 40 yoshli odamga tegishli bo‘lgan. Tishlar tahlili u asosan baliq va go‘sht bilan oziqlanganini ko‘rsatdi.

Arxeologlar, shuningdek, bosh suyakning orqa qismida to‘mtoq buyum bilan berilgan zarba izini aniqladi, uning o‘limiga shu narsa sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют