» » Rasman: yaponiyalik “Messi” “Real”ga o‘tdi

Rasman: yaponiyalik “Messi” “Real”ga o‘tdi


“Real” navbatdagi transferini e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

“Qirollik klubi” o‘z tarkibini 18 yoshli yaponiyalik Takefusa Kubo bilan to‘ldirdi. U kelasi mavsum madridliklarning ikkinchi jamoasi bo‘lmish “Kastilya” safida to‘p suradi. “Real” “Tokio” klubiga 2 million yevro to‘lagan. Uning o‘zi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolangan. U Madridda yiliga 1 million yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kubo “Barselona” tizimida to‘p surar edi. Biroq klub transfer taqiqiga uchraganligi sababli yaponiyalik o‘z yurtiga qaytib ketishga majbur bo‘lgandi.

Futbolchining “Barselona” qaytishi kutilgandi, ammo Kuboning talablari juda yuqori bo‘lganligi sabab kataloniyaliklar uning transferidan voz kechdi.

Ma’lumot uchun, Kubo 2019-yil “Tokio” safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют