» » Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i 11 ta hududda sumalak tayyorladi (foto)

Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i 11 ta hududda sumalak tayyorladi (foto)


Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bayram munosabati bilan “Assalom, Navro‘z!” sumalak tadbirini o‘tkazdi.

20-mart kuni tarmoqning 11 ta do‘koni hovlisidagi 13 ta doshqozonda xodimlar hamda mahallalarning yoshi ulug‘ onaxonlari tomonidan tayyorlanishni boshlagan sumalaklar 21-mart kuni erta tongdan barcha hududlardagi do‘konlarda tarqatildi.

Ta’kidlash kerakki, nafaqat xaridorlar, mahalliy aholi, balki yaqin atrofdagi mahallalarda istiqomat qiluvchilar ham tuni bilan sho‘x raqslar, milliy cholg‘u asboblaridan taralgan kuylardan bahramand bo‘lib, do‘kon xodimlari bilan birgalikda tayyorlash jarayonida ishtirok etdi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mazali va foydali bahoriy taomga 1060 kg bug‘doy, 250 litr yog‘ va 3710 kg un kerak bo‘ldi.

Anglesey Food sho‘ba korxonasiga qarashli Korzinka.uz tarmog‘i 2009-yildan buyon ushbu tadbirni muntazam o‘tkazishni an’ana qilib olgan.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (22-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют