» » AQSh Litva fuqarosini kibertovlamachilik yo‘li bilan 100 mln dollarni o‘zlashtirishda aybladi

AQSh Litva fuqarosini kibertovlamachilik yo‘li bilan 100 mln dollarni o‘zlashtirishda aybladi


Litva politsiyasi AQSh tomonidan 100 million dollardan ko‘proq mablag‘ni elektron pochta yordamida o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan fuqaroni hibsga oldi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tovlamachi, 48 yoshli Evaldas Rimasauskas Litvada firmani ro‘yxatdan o‘tkazgan. Firmaning nomi Osiyodagi kompyuter qurilmalari ishlab chiqaradigan firmalardan birining nomidan ko‘chirilgan. Bu kompaniyaning nomidan 2013—2015-yillar oralig‘ida Rimauskas AQShning ikkita internet kompaniyasiga bir nechta elektron fishing xabar (soxta xabar) jo‘natgan.

AQShning ikki kompaniyasi haqiqiy kompaniya bilan bir necha marta yirik shartnomalar imzolagan. Rimauskas Amerika kompaniyalarining xodimlarini chalg‘itib, o‘ziga tegishli Latviya va Kiprdagi hisob raqamlariga pul o‘tkazishga erishgan. Shundan so‘ng u pulni dunyoning boshqa mamlakatlarida ochilgan hisob raqamlariga jo‘natgan. Bundan tashqari, jabrlangan kompaniyaning hujjatlarini qalbakilashtirib, banklarni pul o‘tkazmalarining haqiqiyligiga ishontirgan. Shu tariqa, u 100 million dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan.

Xabarlarga ko‘ra, agar sud Rimauskasni aybdor deb topsa, u 20 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilinadi. AQSh hukumati Litva huquqni muhofaza qilish organlariga tovlamachini qo‘lga olganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

 “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют