» » Namanganda 1,5 ming qoramol uchun 673 ming dollar olib, pulni ishlatib yuborgan aka-ukalar ushlandi

Namanganda 1,5 ming qoramol uchun 673 ming dollar olib, pulni ishlatib yuborgan aka-ukalar ushlandi


Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani “Sohil” mahallasida yashovchi 44 yoshli M.I. akalari — 50 yoshli G‘.I. va 56 yoshli Sh.I. bilan birga 2018-yil sentabrida “Islomobod” mahallasida 51 yoshli S.A.ga o‘zlarini Rossiyada zotdor qoramol boqish va sotish bilan shug‘ullanuvchilar deb tanishtirgan.

S.A.ga 1500 bosh yosh qoramol olib berishni va’da qilib, undan 135 ming dollar pulni naqd ko‘rinishda olgan, yana 538 ming dollar pulni esa Sh.I.ning Rossiyadagi bank hisobraqamiga tushirtirgan. Ular jami 673 ming dollarni qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan 14-iyun kuni Namangan viloyat IIBga tushgan hujjatlarga asosan, aka-ukalar ushlangan. IIVdan xabar berishlaricha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют