» » Jizzaxda YHXB inspektorini kaltaklagan shaxs hibsga olindi (video)

Jizzaxda YHXB inspektorini kaltaklagan shaxs hibsga olindi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda YHXB bilan haydovchi urishib ketdi” nomi bilan tarqatilgan videomaterial IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 10-iyun kuni soat 15.30 atrofida Jizzax viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori S.G‘aniyev Jizzax shahrining “Xalqobod” dehqon bozori oldida xizmat olib borayotganda “Jizzax—Uchtepa” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “VAZ-2101” rusumli avtomashina to‘xtatadi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan inspektor S.G‘aniyev haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotganda shu yerdan o‘tib ketayotgan Nodir Inomov mast holatda inspektorning xizmat vazifasiga asossiz aralashib, uning boshi hamda badanining turli qislariga qo‘llari bilan urayotganda patrul-post xizmati xodimi hamda yo‘lovchi shaxslar tomonidan bunga chek qo‘yildi va u Jizzax shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga olib kelindi.

Jizzax viloyati narkologiya dispanseri ma’lumotnomasida Nodir Inomov “alkogoldan mastlik holatida” ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 2019-yil 12-iyun kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Nodir Inomov Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют