» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) va uning sho‘ba tashkiloti “Iqtisodiy hamkorlik uchun ko‘maklashish va ishtirok etish jamiyati” (PROPARKO)ni ta’sis etish va ularning faoliyati to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi mazkur bitim 2016-yilning 8-dekabrida Gamburgda (Germaniya) imzolangan edi.

O‘zbekiston rahbari Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki protseduralar bajarilishi haqidagi tegishli bildirgini depozitariyga yuborishni yukladi.

Vazirlar Mahkamasiga esa tegishli vazirlik va boshqarmalar rahbarlari bilan birgalikda imzolangan bitim kuchga kirgandan so‘ng o‘zbek tomonining xalqaro bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют