» » Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Nasaf”ni yuta olmadi, “Metallurg” esa Andijondan bir ochko bilan qaytdi

Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Nasaf”ni yuta olmadi, “Metallurg” esa Andijondan bir ochko bilan qaytdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turi doirasida 16-iyun, yakshanba kuni dastlabki 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Bekobodning “Metallurg” klubi safarda “Andijon” bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 38-daqiqasida andijonliklar a’zosi Eldor Mamatkazin raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 79-daqiqada Bekobod klubi himoyachisi Stanislav Andreyev 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi (1:1).

Shu tariqa andijonliklar o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynadi va bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Metallurg” 13 ochko to‘plab, 9-o‘rinda bormoqda. “Andijon” esa 9 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

Turning markaziy o‘yinida Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 9-daqiqasida Toshkent klubi vakili Islom Qobilov hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqaga kelib mehmon jamoa himoyachisi Dilshod Saitov hisobni tenglashtirdi (1:1).

O‘yin yakuniga ko‘ra, “Bunyodkor” o‘z uyida “Nasaf” bilan durangga imzo chekdi.

Ushbu bahsdan so‘ng “qaldirg‘ochlar” 18 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida kuchli 3 talikka ko‘tarilib olgan bo‘lsa, 6-o‘rinda borayotgan “Nasaf” hisobida 14 ochko mavjud.

Superliga

11-tur bahslari

16-iyun, yakshanba

Gol: 1:0 — 38 Eldor Mamatkazin, 1:1 — 79 Stanislav Andreyev

Gollar: 1:0 — 9 Islom Qobilov, 1:1 — 37 Dilshod Saitov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют