» » Nukusda harbiylar salomatlik aksiyasini o‘tkazdi (foto)

Nukusda harbiylar salomatlik aksiyasini o‘tkazdi (foto)


15-iyun kuni Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida salomatlik aksiyasida ishtirok etdi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Nukus shahrining Beruniy ko‘chasi chorrahasidan boshlangan 5 kilometrli yurish aksiyasi garnizon Ma’naviyat va ma’rifat markazi oldida yakunlandi. Aksiyada mingga yaqin harbiy xizmatchilar, shahar aholisi hamda Qurolli Kuchlar faxriylari faol ishtirok etdi.

Eng faol ishtirokchi oilalar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, Prezident tashabbusi bilan mamlakat bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan sog‘lomlashtirish tadbirlari orqalini aholi sog‘lom turmush tarzini olib borishni odat qilishiga, ayniqsa yoshlar va ayollar salomatligini tiklashga, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga xizmat qilib kelmoqda.

Odatga kirib qolgan sog‘lomlashtirish tadbirlari harbiy xizmatchilar oila a’zolarining nafaqat jismoniy salomatligi, balki oilalar o‘rtasida jipslik, hamjihatlikni ham ta’minlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют