» » Superliga. OKMK bazo‘r mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. OKMK bazo‘r mag‘lubiyatdan qutulib qoldi


16-iyun, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turida Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasi Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida hakam tomonidan olmaliqliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan namanganliklar hujumchisi Aleksandr Kasyan unumli foydalandi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:0). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Olmaliq klubi vakili Shoxnazar Norbekov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (1:1).

Shu tariqa “Navbahor” safarda kechgan bahsda OKMK bilan durang o‘ynadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Navbahor” 15 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni band qilib turibdi. OKMK esa 8 ochko bilan 12-pog‘onani egalladi.

Superliga

11-tur bahslari

16-iyun, yakshanba

Gol: 0:1 — 7 Aleksandr Kasyan, 1:1 — 90 Shoxnazar Norbekov

OKMK: Suhrobjon Sultonov, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 60), Dilshod Jo‘rayev, San’at Shixov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 68), Akmal Shorahmedov, Jasur Umarov, Saydullo Rahmatov (Shoxnazar Norbekov, 58), Sardor Rahmonov, Sherzod Fayziyev

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Oston O‘runov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyev, Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 89), Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (Shahzod Shaymanov, 8), Jahongir Mehmonov, Abbos G‘ulomov (Slavko Lukich, 60)

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov (4), Oston O‘runov (24), San’at Shixov (41), O‘tkir Yusupov (68), Obid Jo‘raboyev (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют